Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Yollama” bojxona posti oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M.(muqaddam sudlangan) noqonuniy daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz jami 15 600 quti “Metakandid” va “Asiprobankt” nomli xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini fuqaro M.A.ga 36 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.Q. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tibbiy buyum hisoblangan “Goodlife” nomli infuzion eritmalarni qo‘yish uchun foydalanadigan 155 qutidagi jami 123 ming 456 dona “sistema”larni fuqaro X.A.ga 200 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.